SMS yubor
БилайнUcell
SMS yubor
Ko'zlaring termulgan uzoq yo'llarga

Ko'zlaring termulgan uzoq yo'llarga 

Boqasan ertayu kech o'ngu so'llarga 
Kutmoqdasan men kabi intizor bo'lib 
Qachon tegarkin deb qo'llar qo'llarga. 
 Fasllar almashar yurakni ezib 
Sog'inch o'ti qiynaydi alamdan bezib 
Menga ham havasmas uzoq uzoqda 
Yashash jonga tegdi olamni kezib. 
Muhabbat bu bir ishonch maktabi 
Ishongin sog'indim yurak yurakdan 
Ko'rgim kelar har kun huddi sen kabi 
Ovozing eshtilar har bir burchakdan. 
Bir yoqda sog'inch g'alayon qilar 
Bir yoqda manzillar qalbimni tilar 
Tushunsangchi osonmas menga sensizlik 
Yiglamagin shuncha ko'z yoshlar yetar. 
Chida quyosh porlar bizlar tomondan 
Chida umidimiz bor chiqmagan jondan 
Chida boraman yoninga bir kun 
Va asrayman doim yaxshi yomondan. 
Baxtning ilinjida kutaveraman jim 
Kurashaman to chiqquncha jonim 
Faqat bir o'tinchim chida va kutgin 
Visol nasib etar bizga ham balkim. 



Korildi: 1461 | Izoxlar: 1 | Qo`shdi: Nodir | Vaqti: 2013 » Октябрь » 2

Xurmatli Saytimiz foydalanuvchilari, saytimizdan Ro`yxatdan o`ting yoki O`z Login Parolizni yozib kiring,
Логин:
Пароль:

izox qoldiring va Yilning eng faol Foydalanuvchiga aylaning
Всего комментариев: 1
20:05
gap yo
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Menu